Fidbol.net

«Hayajonli bellashuv kutmoqda» — Gukesh Sindarovga qarshi jahon toji uchun match haqida gapirdi

Tahririyat 16
«Hayajonli bellashuv kutmoqda» — Gukesh Sindarovga qarshi jahon toji uchun match haqida gapirdi

Amaldagi jahon chempioni Gukesh Dommaraju Varshavadagi turnir oldidan bergan intervyusida o'zbekistonlik Javohir Sindarov haqida o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

«Javohir Sindarov Nomzodlar turnirida erishgan natija shunchaki hayratlanarli va juda dominantlik. U o'tgan yili Jahon kubogini yutib, o'zining qanchalik kuchli ekanligini ko'rsatgandi. Uni elitaga olib kirgan yangi energiyasi shaxmat olami uchun juda foydali.

Jahon toji uchun bahs? Biz deyarli tengdoshmiz. Nomzodlar turniri va jahon chempionligi uchun match — bu butunlay boshqa-boshqa musobaqalar. Shuning uchun hozirgi natijalardan uzoq muddatli xulosa chiqarmagan bo'lardim. Oldinda bizni juda hayajonli bellashuv kutmoqda.

Favorit? Odatdagidek men favoritlarga ishonmayman. Belgilangan kunda o'zining eng yaxshi o'yinini ko'rsatgan shaxmatchi g'alaba qozonadi. Maqsadim — bor mahoratimni ko'rsatish», — deya hindistonlik chempionning so'zlarini keltiradi UzChess.

Avvalroq jahon chempionligi uchun bahs sanasi eʼlon qilingandi.

Manba: tribuna.uz

Yana o'qing

Hammasi

Izohlar 0

?
Izoh qoldiring