Goal Evropada mavsumning eng yaxshi 10 nafar futbolchisi nomini ma'lum qildi
Unda birinchi oʻrinni Myunxenning "Bavariya" klubi hujumchisi Xarri Keyn egalladi. Ingliz futbolchisi ikkinchi oʻrinni egallagan jamoadoshi Maykl Oliseni ortda qoldirdi.
Uchinchi va toʻrtinchi pogʻonalardan "Barselona" vingeri Lamin Yamal hamda "Real" forvardi Kilian Mbappe joy oldi. Kuchli beshlikni "Arsenal" tayanch yarim himoyachisi Deklan Rays yakunlab berdi.
Goal talqiniga koʻra 2025/2026 yilgi mavsumda Evropaning eng yaxshi 10 nafar futbolchisi:
1. Xarri Keyn ("Bavariya").
2. Maykl Olise ("Bavariya").
3. Lamin Yamal ("Barselona").
4. Kilian Mbappe ("Real").
5. Deklan Rays ("Arsenal").
6. Usmon Dembele (PSJ).
7. Luis Dias ("Bavariya").
8. Xvicha Kvaratsxeliya (PSJ).
9. Brunu Fernandesh ("Manchester Yunayted").
10. Vitinya (PSJ).
Manba: championat.asia
Izohlar 0