Garri Keynga "Oltin butsa" topshirildi
Tahririyat
•
•
4
Ushbu futbol mukofoti har yili Evropa futbol assotsiatsiyalari ittifoqiga (UEFA) kiruvchi mamlakatlar milliy chempionatlarining eng yaxshi toʻpurariga topshiriladi. Oʻtgan mavsumda myunxenliklar klubi hujumchisi Germaniya Bundesligasida 36 ta gol urdi.
Sovrin topshirish marosimi "Bavariya"ning klub muzeyida boʻlib oʻtdi. Marosim mehmonlaridan biri myunxenliklar jamoasining sobiq hujumchisi Luka Toni boʻldi.
Angliyalik futbolchi ushbu mukofotni ikkinchi bor qoʻlga kiritdi. Avvalroq Keyn 2023/2024 yilgi mavsum uchun "Oltin butsa"ni olgan edi.
Oʻtgan mavsumda "Bavariya" Germaniya chempioniga aylandi. Jamoa 34 ta oʻyinda 89 ochko toʻpladi.
Manba: championat.asia
Jamoalar
Izohlar 0