Fidbol.net

Florentino Peres Valverde va Tchuameni oʻrtasidagi mushtlashuv haqida gapirdi

Tahririyat 1
Florentino Peres Valverde va Tchuameni oʻrtasidagi mushtlashuv haqida gapirdi

Avvalroq, futbolchilar oʻtgan payshanba kungi mashgʻulot vaqtida mushtlashib ketishgani, natijada urugvaylik futbolchi shifoxonaga yuborilib, unga chok qoʻyilgani haqida xabar berilgandi. Jamoadoshlar oʻrtasidagi nizo chorshanba kunidan boshlangan. Klub har ikki futbolchini 500 ming evrodan jarimaga tortdi.

"Menimcha, bu dahshatli holat, lekin buning ommalashib ketgani undan ham yomonroq. Men bu erda 26 yildan beri ishlayotgan boʻlsam, ikki yoki toʻrt nafar futbolchi mushtlashmagan biror yil boʻlmagan. Ammo buning ommaga oshkor boʻlishini juda yomon deb hisoblayman.

Men bu erda boʻlgan vaqtimda ular har yili janjallashib turishardi. Yoshlar oʻrtasida bunday holatlar boʻlib turadi: sen urding, senga javoban urishdi, keyin esa yana doʻst boʻlib ketaverasiz.

Men uchun ma'lumotlarning sizib chiqishi yomonroq, chunki bu shunchaki janjaldan koʻra chuqurroq nimadir borligini anglatadi. Agar bu oddiy janjal boʻlganida, ertasigayoq ular doʻst boʻlib qolishgan va birga kofe ichgani borishgan boʻlardi.

Menimcha, klubdagi 26 yillik faoliyatim davomida birinchi marta bunday holatga duch kelyapman va bu meni xavotirga solyapti", – dedi Peres.

Manba: championat.asia

Yana o'qing

Hammasi

Izohlar 0

?
Izoh qoldiring