Emersonn 'Tuluza' dan 'Ipsvich' ga o'tdi
Emersonn (21) chorshanba kuni 'Tuluza' FC dan 'Ipsvich' ga o'tishini tasdiqladi. Bu Liga 1 klubi uchun rekord savdo hisoblanadi.
Emersonn o'tgan yozda turk klubi 'Goztepe' dan 3 million evrodan ko'proq to'lov evaziga klubga qo'shilgan edi. Bir yil o'tgach, u ushbu summaning 10 baravariga o'tmoqda. 32 million evroga teng keladigan bu kelishuv 'Le TeFeCe' ning avvalgi rekord savdo summasini (Issa Diop uchun 'Vest Hem Yunayted' to'lagan 25 million evro) yangiladi.
Braziliyalik futbolchi 'Tuluza' da o'tkazgan bitta mavsumida 31 marta maydonga tushib, 7 gol urdi va 3 assist berdi. U 'Ipsvich' bilan besh yillik shartnoma imzoladi, hozirda klubni sobiq 'RC Strasburg Alsace' murabbiyi Gari O'Nil boshqaradi.
Yozda yana ko'plab futbolchilar klubdan ketishi kutilmoqda. Charliz Kresswell ayniqsa katta qiziqish uyg'otmoqda. 'Stad Ren' va 'Kristal Pelas' sobiq Angliya yoshlar terma jamoasi futbolchisini qo'lga kiritish uchun kurashmoqda.
Manba: getfootballnewsfrance.com
Izohlar 0