Ederson "Atalanta" bilan yangi shartnoma imzoladi
Avvalroq "Manchester Yunayted" 27 yoshli futbolchining transferidan rasman voz kechgani xabar qilingan edi. Bunga tibbiy koʻrik natijalari mankunianliklarni qoniqtirmagani sabab boʻlgan.
Taniqli insayder Fabritsio Romanoning ma'lum qilishicha, "Yunayted" bu transferni yozda yana qayta koʻrib chiqishi haqidagi mish-mishlar haqiqatga toʻgʻri kelmaydi. Bitim bir hafta avval toʻliq bekor qilingan.
Shundan soʻng "Atalanta" Ederson bilan hamkorlikni davom ettirishga qaror qildi va futbolchi bilan 2031 yilgacha moʻljallangan yangi shartnoma imzoladi.
Ederson 2022 yildan beri Bergamo klubi safida toʻp surib kelmoqda. U oʻtgan mavsumda ham jamoaning eng muhim futbolchilaridan biri boʻlib, oʻzining barqaror oʻyini bilan Evropaning bir qator top-klublari e'tiborini qozongan edi.
Manba: championat.asia
Izohlar 0