Fidbol.net

DR Kongo terma jamoasi AQSh qoʻygan talablarga qaramay, JCh oldidan karantinga kirishni rejalashtirmayapti

Tahririyat 5
DR Kongo terma jamoasi AQSh qoʻygan talablarga qaramay, JCh oldidan karantinga kirishni rejalashtirmayapti

Reuters agentligi xabariga koʻra, milliy jamoa vakili mashgʻulotlar dasturi oʻzgarishsiz qolishini ma'lum qilgan. DR Kongo terma jamoasining oʻrtoqlik uchrashuvlari reja boʻyicha oʻtkaziladi: 3 iyun kuni Lejda (Belgiya) Daniyaga qarshi va 9 iyun kuni Kadisda (Ispaniya) Chiliga qarshi.

Dasturdagi yagona oʻzgarish — Kinshasaga (DR Kongo) uch kunlik safarning bekor qilinishi boʻldi. U erda jamoa uchun soʻnggi 52 yil ichida birinchi marta yoʻl olinayotgan Jahon chempionati oldidan kuzatish marosimi tashkil etilishi koʻzda tutilgan edi. Ta'kidlash joizki, ushbu safar AQShning ogohlantirishidan oldinroq bekor qilingandi.

Terma jamoa rahbariyati qaydnomaga kiritilgan futbolchilardan hech biri Ebola virusi avj olgan vaqtda DR Kongo hududida boʻlmaganini alohida urgʻulamoqda. Butun tarkib, shu jumladan bosh murabbiy Sebasten Dezabr ham mamlakat tashqarisida, asosan Evropada boʻlib turibdi. Biroq jamoaning bir nechta rasmiy vakillari shu hafta boshida Belgiyadagi mashgʻulot lageriga aynan DR Kongodan etib kelishgan.

Manba: championat.asia

Yana o'qing

Hammasi

Izohlar 0

?
Izoh qoldiring