Dibala: "Roma" menga shartnoma uzaytirishni taklif qilmadi"
Tahririyat
•
•
13
Argentinalik futbolchining "boʻrilar" bilan bitimi shu yilning 30 iyunigacha amal qiladi.
"Men hech narsa bilmayman. Oʻzim ham bilishni istardim. Biroq shartnoma boʻyicha yana 2 ta oʻyin qoldi. Aytishim mumkin boʻlgan yagona narsa shuki: derbi (17 may kungi "Latsio" bilan bahs nazarda tutilmoqda – tahr.) bu muxlislar oldidagi soʻnggi oʻyinim boʻlishi mumkin. Ichimdagilarni bayon etmayman, mavsum oxirida koʻramiz.
Klub menga shartnomani uzaytirish taklifi bilan murojaat qildimi? Yoʻq", – dedi Dibala.
Manba: championat.asia
Izohlar 0