Fidbol.net

Dembele: "Men uchun Kvaratsxeliya — dunyoning eng yaxshi oʻyinchisi. U "Oltin toʻp"ga loyiq"

Tahririyat 8
Dembele: "Men uchun Kvaratsxeliya — dunyoning eng yaxshi oʻyinchisi. U "Oltin toʻp"ga loyiq"

"Men uchun Kvara — dunyodagi eng yaxshi oʻyinchi. Agar u "Oltin toʻp"ni qoʻlga kiritsa, juda xursand boʻlardim, chunki u ham bunga loyiq. U oʻtkazgan mavsum favqulodda ajoyib boʻldi. U "Oltin toʻp" sohibi boʻlishga munosib edi", — dedi Dembele L1+ ma'lumotlariga asoslanib Actu Foot'ning X ijtimoiy tarmogʻidagi sahifasida keltirilgan iqtibosda.

Kvaratsxeliya oʻtgan mavsumda Chempionlar ligasining eng yaxshi futbolchisi deb topilgan edi. Musobaqaning 16 ta oʻyinida gruziyalik hujumchi 10 ta gol va 7 ta golli uzatmani oʻz hisobiga yozdirib qoʻygan.

Manba: championat.asia

Yana o'qing

Hammasi

Izohlar 0

?
Izoh qoldiring