Dante "Bavariya" oʻrinbosarlar jamoasi murabbiyi boʻldi
Tahririyat
•
•
2
Futbolchi 42 yoshida faoliyatini tugatdi. Bu uning birinchi murabbiylik ishi.
2025/26 yilgi mavsum Dante "Nitstsa"da oʻynadi va 19 oʻyinda 1 ta golli pas uzatdi.
Braziliyalik futbolchi 2012 yildan 2015 yilgacha "Bavariya"da harakat qilgan va jamoa bilan 3 karra Germaniya chempioni, 2 karra Germaniya Kubogi sohibi boʻlgan, Chempionlar Ligasi va UEFA Superkubogida gʻalaba qozongan.
Shuningdek, Dante "Yuventus", "Lill", "Sharlerua", "Standard", "Borussiya" Myonxengladbax, "Volfsburg" va "Nitstsa" jamoalari sharafini himoya qilgan.
Manba: championat.asia
Izohlar 0