Fidbol.net

«Chuameni Alonso tarafida bo'lgan, Valverde esa aksincha» — ispaniyalik jurnalist «Real»dagi bo'linish haqida

Tahririyat 13
«Chuameni Alonso tarafida bo'lgan, Valverde esa aksincha» — ispaniyalik jurnalist «Real»dagi bo'linish haqida

Jurnalist Anton Meana «Real» o'yinchilari o'rtasidagi munosabatlarda keskinlik borligi haqida gapirdi.

Avvalroq jamoa mashgʻulotlari vaqtida Federiko Valverde va Orelien Chuameni oʻrtasida ziddiyat sodir boʻlgani maʼlum qilingandi. Urugvaylik futbolchi yiqilib, stolga urilgan va boshidan jarohat olgani sabab shifoxonaga yotqizilgan. Klub ichki tekshiruv boshlagan.

«O'yinchilar o'rtasida jiddiy kelishmovchiliklar mavjud — ayrimlar bo'layotgan ishlar uchun boshqalarni ayblayapti, boshqalar esa o'zini javobgar deb hisoblamaydi. Ular o'zaro hisob-kitob qilishyapti.

Ayrim futbolchilarning fikricha, jamoa sardorlari Xabi Alonso bosh murabbiy bo'lgan paytda noto'g'ri yo'l tutishgan. Chuameni Alonsoni qo'llab-quvvatlaganlardan biri edi, Valverde esa aksincha qarshi tomonda bo'lgan.

Bu ular o'rtasidagi shunchaki qattiq tortishuv emasdi. Jamoa yutqazyapti, vaziyat juda beqaror va ular bundan o'zaro hisob-kitob qilish uchun foydalanishyapti», — deya Meananing so'zlarini keltiradi Cadena SER.

Manba: tribuna.uz

Jamoalar

Yana o'qing

Hammasi

Izohlar 0

?
Izoh qoldiring