Fidbol.net

Cheferin Evropa klublari KJChga boykot e'lon qilishini xohlayapti

Tahririyat 2
Cheferin Evropa klublari KJChga boykot e'lon qilishini xohlayapti

Janni Infantino atrofidagi mojarolar fonida Evropa jamoalari klublar oʻrtasidagi jahon chempionatini boykot qilishi mumkin. Eslatib oʻtamiz, oʻtgan hafta FIFA turnir huquqlarini sotish uchun yangi tijoriy tuzilma — FIFA Forward Enterprise (FFE) yaratish rejalari haqida xabar bergan edi. Keyinchalik Infantino futbol konfederatsiyalari tanqidi va UEFAga a'zo davlatlar tomonidan JChni boykot qilish tahdidi fonida bu gʻoyadan voz kechishga qaror qildi. Jurnalist Ben Jeykobsning xabar berishicha, UEFA prezidenti Aleksander Cheferin va Evropa klublari assotsiatsiyasi (EFC) rahbari Nosir Al-Xelayfi 12 avgust kuni boʻlib oʻtadigan PSJ va "Aston Villa" oʻrtasidagi Evropa Superkubogi bahsi vaqtida vaziyatni muhokama qilishadi. Cheferin agar Infantino oʻz lavozimini tark etmasa, EFC va uning tarkibiga kiruvchi klublar KJCh-2029 ni boykot qilishini xohlaydi. Biroq buning uchun tashkilotga a'zo boʻlgan va soni 850 tadan ortiq klublarning qoʻllab-quvvatlashi talab etiladi.

Manba: championat.asia

Izohlar 0

?
Izoh qoldiring