Championat.asia hamda Transfermarkt Oʻzbekiston Superligasining iyuldagi eng yaxshi murabbiyi va futbolchisini aniqladi
Ovoz berish jarayonida Championat.asia xodimlari, Transfermarkt'ning rus tilidagi tahririyati rahbari Georgiy Lekarev hamda taklif etilgan ekspert — futbol sharhlovchisi Otabek Joʻraev ishtirok etdi.
Soʻrovnoma yakunlariga koʻra, iyul oyida Oʻzbekiston chempionatining eng yaxshi murabbiyi deb Mirjalol Qosimov tan olindi. Uning boshchiligida OKMK uchta oʻyinda uchta gʻalabani qoʻlga kiritdi, toʻplar farqi esa 9:4 ni tashkil etdi. Ushbu muvaffaqiyat evaziga Olmaliq klubi yozgi tanafsusdan soʻng Superligada uchinchi oʻringa koʻtarilib oldi. Respondentlarning 50 foizi Qosimovga ovoz berdi, ikkinchi oʻrinni esa "Dinamo" ustozi Vadim Abramov (33 foiz) egalladi.
Oy yakunlariga koʻra Oʻzbekiston Superligasining eng yaxshi futbolchisi 55 foiz ovoz toʻplagan "Dinamo" hujumchisi Anvar Hojimirzaev boʻldi. Uning hisobida iyul oyidagi uchta oʻyinda urilgan beshta gol bor. "Neftchi" yarim himoyachisi Jamshid Iskanderov ikkinchi oʻrindan joy oldi — u uchta oʻyinda "gol+pas" tizimi boʻyicha 2+2 ochko jamgʻardi va 33 foiz ovozga ega boʻldi.
Manba: championat.asia
Izohlar 0