Bobur Abdurahmonov: "Ketma-ket gollardan soʻng "sochilib" ketdik"
- Oʻyin haqida fikringiz?
- Birinchi taymni yaxshi boshladik va taym oxirlariga kelib gol oʻtkazdik. Bu vaziyatda biroz kontsentratsiyani yoʻqotdik. 5-6 soat masofa bosib toʻgʻri oʻyinga kelganimiz oʻz ta'sirini koʻrsatdi. Ketma-ket gollardan soʻng "sochilib" ketdik.
- Jamoangiz asosan yoshlardan iborat. Bugun tajriba ustun keldi deb hisoblaysizmi?
- Men ham shu fikrdaman. Biz oldinga hujumga oʻtdik va qarshi hujumlarda jazolandik. Futbol oʻynashga harakat qildik, biroq ba'zi hollarda kuchimiz etmadi.
- Darvozabon koʻpincha oldinga chiqib ketdi.
- Bu men tomondan berilgan koʻrsatma edi. Unga oldinroqqa chiqib himoyachilarga yordam berish kerakligini aytdim. Sekin-asta hamma futbolchilarimizda tajriba ortib boradi.
- "Paxtakor farm" oldiga qoʻyilgan vazifa?
- Futbolchilarni oʻrinbosarlar jamoamizga tarbiyalab berish. Birinchi davrada 6 nafar oʻyinchi bergandik, yaqinda yana ikki nafar futbolchimizni berdik.
- Ketma-ket gollar oʻtkazib yuborilishiga sabab nima?
- Avvalo jismoniy holat bilan bogʻliq deb oʻylayman. Juda tez toliqib qoldik va gollar oʻtkaza boshladik.
- "FarDU" maydoni haqida fikringiz?
- Maydon juda zoʻr ekan, tekis, bizga yoqdi.
Manba: championat.asia
Izohlar 0