"Beshiktosh" Asensio uchun 20 mln yevro sarflashga tayyor
Tahririyat
•
•
9
Madridning "Real" klubi markaziy himoyachisi Raul Asensio yozgi transfer oynasida sotilishi mumkin. Bu haqida Fanatik nashri xabar berdi.
Ispaniyalik futbolchini xarid qilishga "Beshiktosh" qiziqish bildirmoqda. Turk klubi "qaymoqranglilar" tarbiyalanuvchisi uchun 20 million yevro sarflashga tayyor ekanini bildirgan.
Transfermarkt portaliga ko'ra, Raulning transfer narxi 25 million yevroni tashkil qiladi. Bu mavsum 23 yoshli himoyachi madridliklar safida 31 o'yin o'tkazib, 2 gol urgani va 1 assist qayd etgani ma'lum.
Avvalroq "Real" Mourinyoni klubga qaytarish jarayonini boshlagani ma'lum qilingandi.
Manba: tribuna.uz
Jamoalar
Izohlar 0