Besh karra Germaniya chempioni va YECHL g‘olibi 30 yoshida faoliyatini yakunlashini e’lon qildi
Dortmundning «Borussiya» klubi himoyachisi 30 yoshli Niklas Zyule professional futbolchilik faoliyatini yakunlashini e’lon qildi. Sportchining so‘zlariga ko‘ra, bunday qaror kelishida 18 aprel kuni «Hoffenhaym»ga qarshi bahsda (1:2) olgan jarohati muhim rol o‘ynagan. Zyule faoliyati davomida «Hoffenhaym», «Bavariya» va «Borussiya» klublari sharafini himoya qilgan. Bu vaqt oralig‘ida Niklas 5 karra Germaniya chempioni va 1 marta UYEFA Chempionlar Ligasi bosh sovriniga ega chiqqan. Umumiy hisobda u 14 ta sovrin egasiga aylangan.
«Shu yil yozda faoliyatimni yakunlashimni ma’lum qilmoqchiman. Shifokorimiz kiyinish xonasida jarohatimni tekshirarkan, fizioterapevtga qarab, bosh chayqab qo‘ydi. So‘ng dush qabul qilgani kirib ketdim va 10 daqiqacha bir fikr bilan yig‘ladim: «U [tizzaning xochsimon boyylami] uzilgan». Keyingi kun MRT qildirgani bordim va yaxshi yangilik eshitdim, ana o‘shanda 1000%ga tushundimki barcha-barchasi tugagan edi. Men yashash, erkin bo‘lish imkoniyatini kutish, ta’tilga borib, bolalarim bilan vaqt o‘tkazishni kutib yashashdan va buning natijasida uchinchi marta bunday jarohat (tizza bo‘g‘imining xochsimon boylami uzilishi) olishdan yomonroq variantni tasavvur qila olmayman», — deya Zyule so‘zlaridan iqtibos keltirdi «Borussiya» rasmiy sayti.
Ma’lumot uchun germaniyalik himoyachi uchun 31-jarohati faoliyatidagi oxirgisi bo‘ldi va bungacha u ikki bor tizza bo‘g‘imining xochsimon boylamini uzib olgan edi.
Manba: tribuna.uz
Izohlar 0