Bernardu Ronaldu, Kanselu va Danilodan "Yuventus"dagi faoliyati haqida soʻradi
Tahririyat
•
•
2
"Tuttosport" xabariga koʻra, turinliklar yarim himoyachiga yiliga "toza" 6 mln evro, shuningdek, bonuslar sifatida 2 mln evro (bir million — Chempionlar ligasiga yoʻllanma olgani uchun, ikkinchisi — muayyan miqdordagi oʻyinlar va gollar uchun) toʻlashga tayyor. Shartnoma ikki mavsumga moʻljallanib, uni yana bir yilga uzaytirish imkoniyatiga ega boʻladi.
Silva ushbu variantni koʻrib chiqmoqda va ma'lumot toʻplamoqda. U "Yuventus"ning sobiq futbolchilari Krishtianu Ronaldu, Joau Kanselu va Danilo bilan maslahatlashgan, ular esa transfer gʻoyasini ma'qullashgan.
31 yoshli portugaliyalik futbolchi "Manchester Siti"ni erkin agent sifatida tark etmoqda.
Manba: championat.asia
Jamoalar
Izohlar 0