«Barselona» — «Real» M: jamoalarning so‘nggi besh o‘yini
Bugun, 10 may kuni, Ispaniya chempionatining 35-turidan o‘rin olgan bahs bo‘lib o‘tadi, unda «Barselona» va Madridning «Real» jamoalari kuch sinashadi.
O‘yin Barselonadagi «Spotify Kamp Nou» stadionida bo‘lib o‘tadi. O‘yinni bosh hakam sifatida Alexandro Ernandes Ernandes boshqarib boradi.
E’tiboringizga jamoalarning o‘zaro so‘nggi besh rasmiy o‘yini natijalarini taqdim etamiz.
«Barselona» va «Real» o‘rtasidagi so‘nggi besh o‘yin:
Ispaniya Superkubogi, final, 2026 yil 11 yanvar, «Barselona» — «Real» — 3:2;
La Liga, 10-tur, 2025 yil 26 oktyabr, «Real» — «Barselona» — 2:1;
La Liga, 35-tur, 2025 yil 11 may, «Barselona» — «Real» — 4:3;
Ispaniya kubogi, final, 2025 yil 26 aprel, «Barselona» — «Real» — 3:2 (qo‘shimcha vaqt);
Ispaniya Superkubogi, final, 2025 yil 12 yanvar, «Real» — «Barselona» — 2:5.
Manba: tribuna.uz
Izohlar 0