"Barselona" "Arsenal" himoyachisini nishonga oldi — Daily Mail
24 yoshli futbolchi sentyabr oyidan buyon "Bayer"dan ijaraga olingan holda "kanonirlar" safida toʻp surmoqda, biroq londonliklar mavsum yakunida ekvadorlik oʻyinchini toʻliq sotib olishi haqida xabar berilgandi.
Daily Mail nashrining yozishicha, Kataloniya klubi sport direktori Deku Inkapening transferi murakkab vazifa ekanligini tushunib turibdi, ammo "Barselona" buni amalga oshirishga urinib koʻrishga tayyor. Himoyachining oʻzi esa "Arsenal"dagi holatidan mamnun.
Joriy mavsumda Inkape barcha turnirlarda 40 ta oʻyinda ishtirok etib, bitta gol urdi va ikkita golli uzatmani amalga oshirdi. Futbolchining Leverkuzen klubi bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2029 yilning yozigacha moʻljallangan. Transfermarkt portali ma'lumotlariga koʻra, futbolchining bozor qiymati 50 mln evroni tashkil etadi.
Manba: championat.asia
Izohlar 0