Bahodir Jalolov prof boksdagi 18-g'alabasiga erishdi
Manchester shahridagi «Co-op Live Arena» majmuasida tashkil etilgan professional boks kechasida o'zbekistonlik charm qo'lqop ustalari ringga ko'tarildi.
Super og'ir vaznda Bahodir Jalolov xorvatiyalik Agron Smakichiga qarshi ringga chiqdi. 10 raunddan iborat jangda o'zbekistonlik sportchi texnik nokaut evaziga g'alaba qozondi. Jalolovning raqibi 8-raund boshlanishi arafasida jangni davom ettirmaslikka qaror qildi. Shu tariqa, Bahodir prof boksdagi 18-g'alabasiga erishdi.
Havaskor boks bo'yicha amaldagi jahon chempioni Javohir Ummataliyev prof boksdagi ikkinchi jangini o'tkazdi. Yarim og'ir vazn toifasida o'zbekistonlik sportchi polshalik Damian Drabikni ikkinchi raundda nokaut holatiga tushirib, muddatidan oldin g'alabaga erishdi.
Manba: tribuna.uz
Izohlar 0