«Atletiko» «Barselona» tarbiyalanuvchisi bilan kelishib oldi
Leverkuzenning «Bayer» klubiga tegishli bo‘lgan 30 yoshli ispaniyalik himoyachi Alexandro Grimaldo Madridning «Atletiko» klubiga o‘tishga yaqin turibdi.
MARCA nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, «Atletiko» Grimaldo bilan shaxsiy shartnoma shartlari borasida to‘liq kelishuvga erishgan. Endi «matraschilar» «Bayer» rahbariyati bilan muzokara o‘tkazishi lozim bo‘ladi. Bu muzokaralarning ancha oson kechishi kutilmoqda. Transfer bahosi 12 million yevroni tashkil qilishi mumkin.
Yakunlangan klub mavsumida Grimaldo barcha musobaqalarda jami 46 ta uchrashuvda maydonga tushib, o‘z hisobiga 14 ta gol va 12 ta golli uzatma yozdirib qo‘ydi.
Eslatib o‘tamiz, ispaniyalik futbolchi 2023 yildan buyon Leverkuzenning «Bayer» klubi sharafini himoya qilib kelmoqda. Uning nemis klubi bilan amaldagi mehnat shartnomasi kelgusi yozda o‘z nihoyasiga yetadi.
Manba: stadion.uz
Izohlar 0