«Arsenal» klub tibbiy shtabi rahbarini iste’foga chiqardi
Londonning «Arsenal» klubi tibbiy shtabni boshqarib kelgan Zafar Ikbal bilan hamkorlikni to‘xtatdi. Bu haqda Telegraph nashri xabar bermoqda.
Manbaning ma’lum qilishicha, 51 yoshli mutaxassisga dushanba, 8 iyun kuni iste’foga chiqarilgani haqida xabar berilgan. Bu qarorning aniq sabablari oshkor qilinmayapti. Zafar Ikbal «Arsenal»dagi faoliyatini 2024 yilning fevral oyida boshlagan bo‘lib, uning vazifasiga sport tibbiyoti va jismoniy tayyorgarlik departamentini boshqarish kirar edi.
Klub ushbu iste’foni yakunlangan mavsumda futbolchilar o‘rtasida jarohatlar soni ko‘payib ketgani bilan bog‘lamoqda. Jarohatlar tufayli jamoaning muhim o‘yinchilari — Martin Edegor, Bukayo Saka, Yurriyen Timber va Kay Xavers uzoq muddatga safdan chiqishdi. Bundan avvalroq «Arsenal» rahbariyati tibbiyot va jismoniy tayyorgarlik bo‘limlari faoliyatini ichki tekshiruvdan o‘tkazgan edi. Bu tekshiruv Ikbalning ishdan bo‘shatilishiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ta’sir qilgan-qilmagani hozircha noma’lum.
Manba: stadion.uz
Izohlar 0