APL. "Manschester Siti" "Everton" bilan durang o'ynadi – 3:3!
Tahririyat
•
•
19
"Manschester Siti" "Everton" bilan 35-turda 3:3 hisobida durang o'ynadi.
O'yin "Xill Dikinson" stadionida bo'lib o'tdi.
"Sport" matnli onlayn translyatsiya olib bordi.
Jeremi Doku 43-daqiqada hisobni ochdi. Tyerna Barri 68-daqiqada javob golini urdi, u Mark Gehi tomonidan berilgan noaniq pasdan foydalanib, darvozaga yo'l oldi. Jeyk O'Braien 73-daqiqada "Everton"ni oldinga olib chiqdi. 81-daqiqada Barri ikkinchi golini urdi. Erling Holand 83-daqiqada gol urdi. Doku 97-daqiqada hisobni tenglashtirdi.
APL jadvali
APL statistika
Jamoalar
Izohlar 0