Fidbol.net

Anvar Gʻofurov: "Bugun omad biz tomonda boʻldi"

Tahririyat 2
Anvar Gʻofurov: "Bugun omad biz tomonda boʻldi"

- Oʻyin haqida fikringiz?
- Ikakala jamoaga ham ochko juda kerak edi, shu bois har ikki jamoa yaxshi oʻyin koʻrsatdi deb oʻylayman. Bugun bizga omad kulib boqdi, shu bois gʻalaba qozondik. Futbolchilarimiz koʻp mehnat va harakat qilishdi. Toʻgʻri, oʻyinimiz juda zoʻr emas, hali bu borada koʻp ishlashimiz kerak. Uzoq yoʻl bosib kelgan jamoamiz muxlislariga alohida minnatdorchilik bildiraman.

- Gol urgan Richard Fraydeyni nima uchun almashtirdingiz?

- Har bir oʻyinda futbolchilar bilan muloqot qilib turamiz. Ular oʻzlarini qanday his qilayotganini soʻraymiz. Fraydey koʻp mehnat qildi va biroz charchab qoldi. Biz esa hujumga yana qoʻshishimiz kerak edi, chunki "Qoʻqon-1912" goldan keyin faqat oldinga bordi va oʻz navbatida bizga ham hujumda oʻyinchi kerak boʻldi. Shuni inobatga olib futbolchini zaxiraga oldik.

- Bilamiz, "Surxon"da ham boshqa klublar kabi moliyaviy muammolar etarli. Klub yaqinda ikki nafar futbolchi - Chinedu bilan Behruz Karimovni qoʻyib yubordi. Ularning transferidan pul tushdimi? Shu haqda ma'lumot bersangiz.
- Bilishimcha, Behruzning kelajagini oʻylab shundoq qoʻyib yuborildi. Yanayam anigʻini bilmayman. Boshqa futbolchilar ham safimizni tark etdi. Yoshlarga yoʻl ochildi va hozir shular bilan ishlayapmiz. Chinedu ijaraga berildi va "Paxtakor" tomonidan qanchadir pul berilishi kerak. Lekin aniq summani bilmayman.

Manba: championat.asia

Yana o'qing

Hammasi

Izohlar 0

?
Izoh qoldiring