Fidbol.net

"Al Ahli" Grinvudni "Fenerbaxche"dan ilib ketishga harakat qilmoqda — Ben Jeykobs

Tahririyat 7
"Al Ahli" Grinvudni "Fenerbaxche"dan ilib ketishga harakat qilmoqda — Ben Jeykobs

Turkiya klubi Frantsiyaning "Marsel" klubi bilan printsipial kelishuvga erishib boʻlgan va transfer yakunlanishiga ijobiy baho bermoqda, shuningdek, futbolchining oʻzidan ham yakuniy rozilikni kutmoqda, deb xabar beradi Ben Jeykobs X ijtimoiy tarmogʻidagi sahifasida.

Biroq, ingliz futbolchisi uchun kurashga Saudiya Arabistonining "Al Ahli" klubi aralashdi. Yaqin Sharq klubi vakillari Grinvud bilan telefon orqali muloqot oʻtkazishdi, jamoa bosh murabbiyi Mattias Yayssle esa hujumchining oʻzi bilan toʻgʻridan-toʻgʻri gaplashdi.

Yakunlangan 2025/2026 yilgi mavsumda Grinvud barcha musobaqalarda 46 ta oʻyinda ishtirok etib, 25 ta gol urdi va sakkizta golli uzatmani amalga oshirdi. Transfermarkt portalida taqdim etilgan ma'lumotlarga koʻra, futbolchining bozor qiymati 55 million evroni tashkil etadi.

Manba: championat.asia

Yana o'qing

Hammasi

Izohlar 0

?
Izoh qoldiring