Fidbol.net

Afsona qolmoqda: “Milan” Modrich bilan shartnomani uzaytirdi

Tahririyat 3
Afsona qolmoqda: “Milan” Modrich bilan shartnomani uzaytirdi

“Rossoneri” yangi bitimni 1 yilga — 2027 yilning iyun oyi oxirigacha uzaytirdi. Shu tariqa, Modrich 42 yoshga toʻlishiga 2 oy qolganida jamoani tark etadi.

Chempionlar Ligasining 6 karra gʻolibi oʻtgan mavsum “rossoneri” safida 37 oʻyinda maydonga tushib, 2 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmaga mualliflik qildi. “Milan” Evropa futboli elitasiga qaytishni uddalay olmadi va A Seriyadagi 5-oʻrindan soʻng keyingi evrokubok mavsumini Evropa Ligasida oʻtkazadi.

Manba: championat.asia

Yana o'qing

Hammasi

Izohlar 0

?
Izoh qoldiring